Xorazm viloyatida sholining qurg‘oqchilikka va sho‘r tuproqqa chidamli yangi navlari yetishtiriladi, deb xabar berdi O‘zR Adliya vazirligi.
Buning uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Filippin Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sholining ertapishar, sho‘rga va qurg‘oqchilikka chidamli navlarini yetkazib berishni ta’minlash topshirildi.
O‘simliklar ikki yil davomida Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitida sinovdan o‘tkaziladi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatida sholi uchun 10 ming gektar maydon ajratilganini yozgan edi.