«Biznesga birinchi qadam» dasturi boʻyicha 115 ming kishiga 1 trln soʻm ajratilgan

eʼlon qilindi
Kelgusida ham davom ettiriladi
Foto: President.uz

Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar va ularning samarasi borasida so‘z bordi, deya xabar bermoqda prezident matbuot kotibi.

Unga ko‘ra, 2023-yilda kichik va oʻrta biznesni moliyaviy ko‘maklashish maqsadida yangi tizim joriy qilindi.

Bu borada Biznesni rivojlantirish banki va Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi. Yil boshidan 35 mingdan ortiq tadbirkorlarga jami 3,5 trln soʻm mikrokreditlar taqdim etilgan.

Shuningdek, «Biznesga birinchi qadam» dasturi doirasida tadbirkorlikni endi boshlayotgan 115 ming aholiga 1 trln soʻmlik mikroqarzlar ajratildi. Ochiq muloqotda shu kabi dasturlarning kelgusida ham davom ettirilishi ta’kidlandi.

Shuningdek