Orol boʻyida iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish uchun $80 mln ajratiladi
eʼlon qilindi
Mablag‘lar, jumladan, tuproqni tiklash uchun ishlatiladi
Orol boʻyida iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish uchun millionlab dollar yoʻnaltiriladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.
Bir kun avval davlat rahbari Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Pul qishloq xoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish dasturi doirasida ajratiladi.
Bu mablagʻ 100 ming gektar yaylovni tiklashga yoʻnaltiriladi. Qolaversa, bu mablag‘ chorva uchun ozuqa zaxirasini mustahkamlash, mahalliy sharoitga mos qishloq xo‘jaligi navlarini yetishtirishga xizmat qiladi.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Qoraqalpog‘istonga jami bir trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishini yozgan edi.