Toshkentdagi Yangi Sergeli istirohat bog‘i yonida yangi gastronomik ko‘cha quriladi. Bu haqda jurnalist Nikita Makarenko xabar berdi.
Gastronomik makon So‘g‘diyona va Jaloyir ko‘chalari chorrahasida tuman hokimligi binosidan Fayz zavodigacha bo‘lgan joyda barpo etiladi.
Fevral oyida Toshkentda sakkizta gastronomik koʻcha tashkil etilishi maʼlum boʻlgan edi. Iyul oyining oxirida shaharning birinchi gastronomik ko‘chasiga aylanadigan Taras Shevchenko ko‘chasida ish boshlandi. Piyodalar yo‘laklarini kengaytirish uchun yo‘l qismi bir qatorga toraytiriladi, kechqurun va tungi vaqtda ko‘chaning 800 metrlik qismi faqat piyodalar harakatlanadi.
Avvalroq shaharshunos Yuriy Manannikov Toshkentdagi gastronomik ko‘chalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikrlarini «Kursiv Uzbekistan» bilan o‘rtoqlashgan edi.