Yangiliklar

Nukusdagi o‘tov Ginnes rekordlari kitobidan joy oldi

Uning diametri 40,5 metr
Rasm: Uzbektourism.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi o‘tov Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Uzbektourism.uz Telegram kanali xabar bermoqda.

«Oq qush» majmuasida qurilgan qoraqalpoq milliy o‘tovining diametri 40,5 metrni tashkil etadi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Birlashgan Arab Amirliklarida yangi yil bayrami namoyishlari Ginnesning rekordlar kitobiga kirganini yozgan edi.