Ozarbayjon prezidenti nima uchun Oʻzbekistonga kelmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda president matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 22–23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda president matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga Toshkent shahrida Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, sammit kun tartibidan Oʻzbekiston–Ozarbayjon strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Oʻzaro tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, kooperatsiya loyihalarining yangi portfelini shakllantirish, ishbilarmonlik aloqalarini, shu jumladan, hududlararo almashinuvni rivojlantirish, transport-kommunikatsiya salohiyatini roʻyobga chiqarish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish va boshqa masalalar diqqat markazida boʻladi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» Shavkat Mirziyoyevning Nukusda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek