Uzbekistan Airports Nukus aeroportiga nisbatan ish qoʻzgʻatilganini rad etmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi
Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports Nukus aeroportiga nisbatan ish qoʻzgʻatilganini rad etmoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning iyul oyida Nukus xalqaro aeroporti aeroport binosi fasadida Uzbekistan Airports logotipi tushirilgan yozuvlarni ishlab chiqish boʻyicha eng yaxshi taklif uchun tanlov oʻtkazgan edi. Tanlovda yettita kompaniya ishtirok etib, Usnatdin Zamira Ok kompaniyasi gʻolib, Qajimuxan Seyilxan esa zaxira gʻolibi deb topilgan.

Natijalar e’lon qilinganidan soʻng bunday LEDlarni yasashda tajribasi yoʻqligi sababli yetarli ball toʻplay olmagan Bes Qala Story kompaniyasi Raqobat qoʻmitasiga tanlovning adolatsiz oʻtkazilgani yuzasidan shikoyat bilan murojaat qilgan.

Raqobat qoʻmitasi vaziyatni oʻrganib chiqib, ishtirokchilarni baholash tizimini takomillashtirish boʻyicha Nukus aeroportiga tavsiyalar bergan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nukus xalqaro aeroportiga nisbatan ish qoʻzgʻatilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek