Yangiliklar

«Oʻzbekneftgaz» AJga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Kompaniya savdo qonunchiligi buzilgan
Foto: Ung.uz

«Oʻzbekneftgaz» AJ maxsus axborot portali orqali eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyati ikkita salkam 4.8 mlrd so‘mlikka yaqin eng yaxshi takliflarni tanlash jarayonida. Qo‘mita xulosasiga ko‘ra, kompaniya «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasini buzgan. Unda savdodagi raqobat cheklovlariga qarshi turish choralari ko‘rsatilgan.

Natijada «Raqobat toʻgʻrisida»gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilishi alomatlari bilan «Oʻzbekneftgaz» AJga nisbatan ish qoʻzgʻatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita boshqa bir MCHJni jarimaga tortgan edi.