UzAuto Motors Chevrolet avtomobillarini Gruziyaga joʻnatdi
eʼlon qilindi
Avtomobillar Tbilisi shahrida ochilishi kutilayotgan Strada Motors rasmiy dileriga yetkazib beriladi

UzAuto Motors Gruziyaga Chevrolet Cobalt va Tracker avtomobillarining navbatdagi partiyasini joʻnatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avtomobillar 2024-yilning 25-sentabr kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida ochilishi kutilayotgan Strada Motors rasmiy dileriga yetkazib beriladi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 30-iyul sanasida Chevrolet Cobalt avtomobilining birinchi partiyasi Moʻgʻulistonga yoʻl olgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors foydasi 65 foizga oshgani haqida yozgan edi.