Yongʻin natijasida Burchmullo oʻrmon xoʻjaligining 1,5 gektar yer maydoni yonib ketdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Hududdagi quruq oʻt va shoh-shabba yonib ketgan
                    
                            
29-avgust kuni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Burchmullo oʻrmon xoʻjaligiga qarashli hududda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yongʻin haqida soat 00:35 da xabar berilgan. Yongʻin joyiga 3 ta oʻt oʻchirish qutqaruv guruhi, 30 nafar qutqaruvchi va 20 nafar oʻrmon xoʻjaligi xodimlari yetib kelgan.
Ma’lum qilinishicha, Boʻstonliq tumani «Maʼrifat» MFY, Burchmullo oʻrmon xoʻjaligiga qarashli hududda 1,5 gektar maydonda yuzaga kelib, natijada ushbu hududdagi quruq oʻt va shoh-shabba yonib ketgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangihayot tumanida joylashgan omborxonada yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.
