Yangiliklar

ChatGPT foydalanuvchilari soni yil davomida ikki baravar ko‘paydi

AQSHning 90 foizdan ortiq yirik kompaniyalari ushbu vositadan foydalanadi
Ras: Unsplash

Amerikaning OpenAI kompaniyasining ChatGPT sun’iy intellekt chat-botining mashhurligi o‘sishda davom etmoqda. Bir yil ichida foydalanuvchilar soni ikki baravar ko‘paydi, deb aniqladi Axios portali.

OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, endi ushbu vositadan Fortune 500 (Amerika Qo‘shma Shtatlarida daromad hajmi bo‘yicha eng yirik) ro‘yxatidagi kompaniyalarning 90 foizdan ortig‘i foydalanadi.

«Hozirda odamlar bizning vositamizdan kundalik hayotning bir qismi sifatida foydalanmoqdalar, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi sohalarga haqiqiy hissa qo‘shilmoqda,» deya vaziyatni sharhladi OpenAI bosh direktori Sem Altman.

OpenAI – Amerikaning mashinali o‘qitishga asoslangan texnologiya ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya asoschilaridan biri tadbirkor Ilon Mask.

Kursiv Uzbelistan ChatGPT Vogue va GQ kontenti asosida o‘qitilishini yozgan edi.