Toshkent aholisi 1 mlrd soʻmlik axlat chiqardi
O‘zbekiston poytaxtida yil boshidan buyon ikki mingdan ortiq noqonuniy chiqindi to‘plash holatlari qayd etildi, deya xabar berdi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
Tuman inspektorlari belgilanmagan joylarga tashlab ketilgan chiqindilar uchun 995 mln so‘m miqdorida jarima yozishdi. Qoidabuzarliklarning aksariyati jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan. Yuridik shaxslarga esa atigi 25 ta jarima to‘g‘ri keldi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, chiqindilarni nomaqbul joylarga tashlaganlik uchun fuqarolar 1 mln so‘m jarimaga tortilishi mumkin. Bir yil davomida takroran qoidabuzarlik sodir etilsa, jarima miqdori oshadi.
Noqonuniy chiqindixonalarni tashkil etganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, qoidabuzarlarni aniqlash uchun videokuzatuv kameralaridan faol foydalaniladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda SSSR davridagi uran obyektlari qanday rekultivatsiya qilinayotganini tahlil qilgan edi.