Yangiliklar

Elbek Sultonov delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni olib berdi

Yadro uloqtirish bo‘yicha

Para yengil atletikachi vakilimiz Elbek Sultonov «Parij – 2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini oltin medal bilan yakunladi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslarida hamyurtimiz Elbek Sultonov 16.45 metr natija qayd etdi va delegatsiyamiz hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq ham yengil atletikachilarimiz bir bellashuvning o‘zida oltin va bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.