Yangiliklar

Guljanoy Naimova delegatsiyamiz hisobiga kumush medalni qo‘shib qo‘ydi

Para taekvondo bo‘yicha
Foto: Paralympic.uz

Guljanoy Naimova «Parij – 2024» yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini kumush medal bilan yakunladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Guljanoy Naimova jarohat olib jangni davom ettira olmadi va Buyuk britaniyalik Emi Trusdeylga 8:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Asad Toshtemirov Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan edi.