«Tashabbusli budjet» gʻoliblari roʻyxati e’lon qilindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Jami 9,81 mln ovoz berildi
Foto: Pexels.com

«Ochiq budjet» portalida «Tashabbusli budjet» jarayonining 2024-yildagi 2-mavsumida 1772 ta loyiha gʻolib deb topildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, respublika bo‘ylab jami 9,81 mln ovoz berildi. Yakuniy natijalarga koʻra, salkam 2,14 trln soʻmlik 1772 ta loyiha gʻolib deb e’lon qilindi.

G‘oliblar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tashabbusli budjet»da ovoz yig‘ish masalasiga doir qator shikoyatlar kelib tushgan edi.

Shuningdek