Yangiliklar

Yorqinbek Odilov delegatsiyamiz hisobiga beshinchi oltin medalni yozdirib qo‘ydi

Para yengil atletika bo‘yicha

Paralimpiya o‘yinlarida para yengil atletika bo‘yicha ishtirok etgan Yorqinbek Odilov delegatsiyamizga beshinchi oltin medalni olib berdi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F57 klassida nayza uloqtirish bahsida ishtirok etgan hamyurtimiz Yorqinbek Odilov 50.32 metr natija qayd etib, delegatsiyamizga beshinchi oltin medalni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Guljanoy Naimova olgan jarohatiga qaramasdan kumush medal sohibasi bo‘lgan edi.