Yangiliklar

O‘zbekiston Shimoliy Koreya ustidan g‘alaba qozondi

Foto: O‘FA

Bugun, 5-sentabr kuni futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z maydonida Shimoliy Koreyani mag‘lubiyatga uchratdi.

Birinchi taymning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov hisobni O‘zbekiston foydasiga o‘zgartirdi. 38-daqiqada Shimoliy Koreya futbolchisini Odilbek Hamrobekov qoidani buzib to‘xtatdi va O‘tkir Yusupov darvozasiga penalti belgilandi. Biroq hisob o‘zgarmadi va O‘zbekiston birinchi taymni kichik ustunlik bilan yakunladi.

Ikkinchi taymda hisob o‘zgarmadi va 1:0 hisobida O‘zbekiston g‘alaba qozondi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatining rasmiy timsoli e’lon qilinganini yozgan edi.