Yangiliklar

Daniya Maersk Air Cargo yuk tashuvchi samolyoti Samarqandga rejadan tashqari qo‘ndi

Favqulodda qo‘nish sabablariga hozircha aniqlik kiritilmagan
Foto: Samarqand xalqaro aeroporti

Daniya Maersk Air Cargo kompaniyasiga tegishli yuk tashuvchi Boeing 767 samolyoti Samarqand xalqaro aeroportida rejalashtirilmagan qo’nishni amalga oshirdi. Bu haqda Samarqand xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabar berdi.

Favqulodda qo‘nish sabablariga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Maersk Air Cargo — dunyoda konteyner tashish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan Daniyaning Maersk logistika kompaniyasining sho‘ba korxonasi. Ushbu korxonada 20 ta samalyot mavjud.

2023-yilning mart oyida Maersk Air Cargo Billunn — Navoiy — Xanchjou yo‘nalishi bo‘yicha yuk reyslarini yo‘lga qo‘ydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Air Samarkand Istanbulga reyslar sonini oshirishi haqida xabar bergan edi.