Yangiliklar

Husniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi

Yadro uloqtirish bo‘yicha
Foto: Paralympic.uz

Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan atletimiz Husniddin Norbekov oltin medal sohibi bo‘ldi va uch karra Paralimpiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasi hamyurtimiz Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Husniddin Norbekov bundan avval Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sherzod Namozov ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan edi.