Oʻzbekiston Markaziy banki iyul oyida oʻn tonna oltin sotib oldi

eʼlon qilindi
Iyul oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan davlatlar qatorida ikkinchi o‘rinni egalladi
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston Markaziy banki 2024-yilning iyul oyida 10 tonna oltin sotib oldi. Bu haqda World Gold Council hisobotida ma’lum qilindi.

Hisobotga ko‘ra, mamlakat oltin zaxiralarini 375 tonnaga yetkazib oldi. Shu bilan birga, iyul oyida Oʻzbekiston eng koʻp oltin sotib olgan davlatlar qatorida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Markaziy banklar tomonidan sof xaridlar ikki baravar koʻpayib, $37 millionga yetdi. Eng koʻp oltin xarid qilgan davlatlar qatorida Polsha Milliy banki 14 tonna bilan yetakchi boʻldi. undan keyingi oʻrinlarni Oʻzbekiston Markaziy banki (10 tonna) va Hindiston Zaxira banki (5 tonna) egalladi.

Hisobotga koʻra, Qozogʻiston Markaziy banki iyul oyida yagona sotuvchi boʻlgan. Uning oltin zaxirasi 4 tonnaga kamaydi, bu esa uning oltin zaxiralarini 295 tonnagacha yoki umumiy zaxirasini 55 foizgacha qisqartirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekiston Markaziy banki bir necha oy davomida oltin sotmagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek