Oybek Kosimov OOK Etika qoʻmitasi a’zosi etib saylandi
eʼlon qilindi
Osiyo olimpiya kengashining (OOK) 44-Bosh assambleyasi doirasida saylandi

Oybek Kosimov OOK Etika qoʻmitasi a’zosi etib saylandi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qoʻmitasi.
Unga ko‘ra, Nyu-Dehli shahrida tashkil etilgan Osiyo olimpiya kengashining (OOK) 44-Bosh assambleyasi doirasida Oʻzbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kosimov OOK Etika qoʻmitasi a’zosi etib saylandi.
Ma’lumot uchun, Oybek Kosimov 1980-yil 26-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Shu kungacha bir qancha rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Otabek Umarov Osiyo olimpiya kengashining Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.