Oʻzbekistonda BYD Seagull elektromobilining sotuvi boshlandi
eʼlon qilindi
Avtomobil narxi 208,3 million so‘mdan boshlanadi
Oʻzbekistonda BYD Seagull elektromobilining sotuvi boshlandi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avtomobil narxi 208,3 million soʻmdan ($16,3 ming) boshlanadi. Avtoe’lon portalida ushbu elektromobilning narxi esa $14,9 mingdan sotilmoqda.
BYD Seagull 75 ot kuchiga ega elektromotor va 30 kVt/soat yoki 38,9 kVt/soat quvvatga ega akkumulyatorlar bilan jihozlangan. Maksimal sayohat masofasi mos ravishda 305 va 405 km tashkil qiladi.
Eslatib oʻtamiz, avgust oyi oxirida Oʻzbekistonda rasman BYD E2 Luxe sotuvga chiqarilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYDʼning ustunligi Xitoydagi raqobatchilarga ogʻirlik qilayotgani haqida xabar bergan edi.