
9-sentabr kuni Paralimpiya qo‘mitasi maydonida Paralimpiya o’yinlari chempion va sovrindorlariga mukofotlar tantanali tarzda topshirildi. Bu haqda Sport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, oltin medal sohiblariga $200 ming, Tahoe avtomobili, 2 qavatli kottedj taqdim etiladi.
Kumush medal sohiblariga $100 ming, BYD Song Plus EV Champion avtomobili, kvartira sovg’a qilinadi.
Bronza medali sohiblari esa $50 ming, BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili, kvartiraga ega bo’ladilar.

Bundan tashqari, Paralimpiya bahslarida ikki nafar sportchimiz ikkitadan medal olishdi. Bular Tolibboy Yo’ldoshev (oltin va bronza) hamda Nurxon Qurbonovaga(oltin va bronza) $200 ming va $50 ming alohida, mashina va uy esa bitta — oltin medal sohiblariniki kabi Tahoe hamda 2 qavatli kottedj sovg’a qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston delegatsiyasi Paralimpiya o‘yinlarini ham 13-o‘rinda yakunlangani haqida batafsil xabar bergan edik.