Oʻzbekistonning 15 ta tumanida qashshoqlik darajasi 20 foizdan oshdi – prezident

eʼlon qilindi
Ba’zi tumanlarda kambag‘allik darajasi qisqarmagan
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tashabbuslar samarasi hamma hududda ham bir xil emasligini ta’kidladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Amudaryo, Beruniy, Qonlikoʻl, Nukus, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Chimboy, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor va Tuproqqal’a tumanlariga kambagʻallikni qisqartirish uchun uch yilda 1,7 trln soʻmlik arzon kredit va subsidiya ajratilgan, ammo kambag‘allik darajasida oʻzgarish qayd etilmagan.

Olti oyda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda kambagʻallik 2 foizdan ortiq miqdorga kamaydi. Navoiy, Surxondaryo, Fargʻona va Toshkent shahrida esa ko‘rsatkichlar oʻzgarmagan.

Foto: President.uz

Paxtaobod, Baliqchi, Gurlan, Xonqa, Oltiariq, Dangʻara, Konimex, Boyovut, Jomboy, Shofirkon, Sh.Rashidov, Zomin, Shahrisabz, Oʻrta Сhirchiq, Boʻka, Taxiatosh tumanlarida aholiga boʻlib berilgan yerlar boʻyicha 2-3-martadan hosil olish hisobiga kambagʻallikni 2 baravar qisqartirishga erishgan.

Afsuski, yer berilganiga qaramay Shumanay, Qorovulbozor, Peshku, Chiroqchi, Muborak, Nurobod, Oqoltin, Muzrabot, Bandixon, Qiziriq, Ohangaron, Parkent, Tuproqqal’a kabi tumanlardagi ko‘rsatkichlarda oʻzgarish bo‘lmagan.

Shuningdek