Yangiliklar

Turkiy dunyo kreativ yoshlari markazi O‘zbekistonda tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan
Foto: UzA.uz

Qozog‘istonning Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining Yoshlar va sport masalalari bo‘yicha vazirlarining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzA ma’lum qildi.

Yig‘ilishda Turkiy dunyo kreativ yoshlari markazining ochilish marosimini 2025-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish va markaz faoliyati bo‘yicha amaliy hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Shuningdek, 2025-yili Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarda o‘tkaziladigan yoshlar loyihalari va tadbirlar rejaga kiritildi.

Ma’lumot uchun, 2023-yil 3-noyabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Turkiy dunyo kreativ yoshlar markazini ochish taklifini bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq til o‘rgangan yoshlarning ayrimlari rag‘batlantirilishi haqida yozgan edik.