Yangiliklar

Yagi to‘foni 143 kishini hayotiga zomin bo‘ldi

Bedarak yo‘qolganlar soni 58 taga yetdi
Foto: Nhac Nguyen/AFP/Getty Images

Vyetnamda yuzaga kelgan Yagi to‘foni natijasida vafot etganlar soni 143 ta, bedarak yo‘qolganlar soni esa 58 taga yetdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, to‘fon eksport mahsulotlari saqlanadigan omborlarga, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalariga ham zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, Vyetnam mahalliy nashrlari bergan xabarlarga ko‘ra, to‘fon natijasida suv toshqinlari yuzaga kelgan. Buning oqibatida esa bir nechta mahalliy qishloqlar vayronaga aylangan.

«Vyetnam shimolidagi suv toshqini oqibatida butun bir qishloq ko‘chki ostida qolib ketdi, 16 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi», deya xabar beradi mahalliy OAV.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iqlim oʻzgarishi tufayli dunyo yalpi ichki mahsuloti 19 foizga qisqarishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.