Mirziyoyev Turkiya delegatsiyasini qabul qiladi
Joriy yilning 12-sentabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya hamda Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalin bilan uchrashuv oʻtkazadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 6–7-iyun kunlari Turkiyaga rasmiy tashrifi yuzasidan erishilgan kelishuvlarga muvofiq Toshkentga keldi.
Delegatsiya tashrifi yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar tashqi siyosiy masalalar, shuningdek, maxsus xizmat rahbarlarining qoʻshma uchrashuvlari oʻtkazish reja qilingan.
Tashrif davomida asosiy masala sifatida xavfsizlik, zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish diqqat markazida boʻladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Ostonada Pokiston Hukumati rahbari bilan uchrashuv oʻtkazishi haqida xabar bergan edi.