Yangiliklar

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha 18 davlat bilan muzokaralarni yakunladi

jst
Ro‘yxatga Braziliya va Shri-Lanka qo‘shildi
Foto: Azizbek Urunov / Linkedin

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish yo‘lida yana bir qadam tashladi. Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunovning so‘zlariga ko‘ra, respublika tashkilotga a’zo 18 davlat bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi.

«Braziliya va Shri-Lanka bilan bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarimiz yakunlanganini e’lon qilishdan juda xursandman», deb yozdi u o‘zining Linkedin sahifasida.

Jahon savdo tashkiloti jamoat forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, JST Bosh direktori o‘rinbosari Syanchen’ Chjan va Bosh direktorning sobiq o‘rinbosari Alan Vulf ishtirokida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan JSTga kirish respublikaga qanday foyda keltirishi haqida yozgan edi.