Koʻchmas mulk bozori: yil davomida Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning oʻrtacha narxi 4,2 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Toshkent shahrida ijara uy-joyning o‘rtacha narxi 1 kvadrat metr uchun $8,3 tashkil qildi
Foto: Roman Fedootv / Kursiv

2024-yil avgust oyida Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bozori biroz pasaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisobotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, avgust oyida 22,2 mingta koʻchmas mulk oldi-sotdi bitimlari roʻyxatga olingan, bu iyul oyiga nisbatan 3,5 foizga kam boʻlib, savdolar soni 23 mingtani tashkil qildi.

Mazkur oyda ikkilamchi uy-joy bozori moʻtadil oʻsishni koʻrsatmoqda, Toshkentda esa ijara uy-joy bozori barqarorlashdi. Yillik oʻlchovda faollikning sezilarli darajada pasayishi kuzatilmoqda: uy-joy savdosi 20,8 foizga kamaydi, bu esa uy sotib olishga qiziqishning kamayishini koʻrsatishi mumkin.

Hududlar kesimida koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarning eng katta pasayishi Sirdaryo (22,6 foiz) va Xorazm viloyatlarida (13,2 foiz), shuningdek, Toshkent shahrida (9,7 foiz) qayd etildi.

Uy-joy ijara bozori

Avgust oyiga kelib Toshkent shahrida ijara uy-joy bozoridagi vaziyat barqarorlashdi, bu yerda ijaraning oʻrtacha narxi 1 kvadrat metr uchun $8,3 tashkil qildi. Bu oʻtgan oylarga nisbatan narxlarning pasayishi kuzatilmoqda: iyul oyiga nisbatan — 0,6 foizga, iyun oyiga nisbatan — 1,2 foizga. Shunday qilib, avgust oyida bozor ikki oylik pasayishdan keyin barqarorlikni koʻrsatdi.

Bu yangi oʻquv yilining boshida uy-joy ijarasiga talab oshishi bilan bogʻliq. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxining yuqoriligi saqlanib qolmoqda, bu yerda oʻrtacha ijara narxi har kvadrat metr uchun taxminan $10 ni tashkil etadi.

Oʻz navbatida, Bektemir va Sergeli kabi hududlarda byudjet ijarachilari, shu jumladan, talabalar uchun ijaraga olish imkoniyati yanada qulayroq boʻlib qolmoqda, bu yerda ijara har kvadrat metr uchun oʻrtacha $6 turadi.

Agar oʻtgan yilning avgust oyida Toshkent shahrida ijaraga beriladigan uy-joylarning har kvadrat metri oʻrtacha 9 dollarni tashkil etgan boʻlsa, yil davomida 7,3 foizga pasaydi.

Ikkilamchi koʻchmas mulk bozori

Avgust oyida respublikada ikkilamchi uy-joy narxi 0,7 foizga oshgan boʻlsa, oʻtgan yilning avgust oyidan boshlab uy-joyning 1 kvadrat metri uchun oʻrtacha narxi 9,7 foizga oshdi.

Shu bilan birga, ikkilamchi uy-joy narxi Xorazm – 21,4 foizga, Surxondaryo – 14,6 foizga, Buxoro – 13,4 foizga, Qashqadaryo – 13,3 foizga viloyatlarida sezilarli darajada oshgani qayd etildi.

Toshkent shahridagi ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar biroz pasayganidan soʻng, avgust oyida barqarorlik kuzatildi: narxlar atigi 0,2 foizga oshdi va har kvadrat metr uchun $1128 dollarni tashkil etdi. Yil davomida Toshkentda ikkilamchi uy-joylarning oʻrtacha narxi 4,2 foizga oshdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iyul oyida koʻchmas mulk savdosi boʻyicha 23 mingta bitim amalga oshirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek