Qashqadaryoda 232,8 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi

eʼlon qilindi
Novvot ishlab chiqarish sexi tashkil etilgan
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati

Qashqadaryoda 232,8 mln soʻmlik tabiiy gazdan qonuniyga xilof ravishda foydalangan sex aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bir qancha shaxslar tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan Qarshi shahri «Naqshab» MFY hududidagi xonadonda novvot ishlab chiqarish sexini tashkil etib, umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga yashirincha ulangan. Tekshiruvlar natijasida korxona umumiy hisobda 232,8 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda xorijdan gaz sotib olish qariyb besh barobarga ortgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek