Isroil harbiy samolyotlari payshanba kuni kechqurun Livan janubiga yil davomida eng kuchli zarbalar berdi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, Livanda yuzga yaqin o‘q otish tizimlari zarar ko‘rgan. Mojarolarning boshqa tomoni 50 dan ortiq zarbalar haqida ma’lum qiladi, ammo ular qaysi obyektlarga to‘g‘ri kelganiga aniqlik kiritmagan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
«Dushman har qanday nazorat, qonun va axloq doirasidan chiqdi,» – dedi Livanning «Hizbulloh» guruhi yetakchisi Hasan Nasralla televizion murojaatida. U hujumni harbiy jinoyat deb hisoblayotganini ta’kidladi.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant, o‘z navbatida, Isroilning «Hizbulloh»ga hujumlarini davom ettirishga va’da berdi.
Aviatsiya hujumi «Hizbulloh» a’zolariga tegishli elektron qurilmalarni portlatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyadan keyin sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jangda 37 kishi halok bo‘lgan va uch mingga yaqin kishi jarohatlangan.
Kursiv Uzbekistan Isroil «Hizbulloh» bilan keng ko‘lamli urush boshlashi haqida yozgan edi.