Yangiliklar

Motsartning noma’lum asari topildi

Germaniya kutubxonasida
Rasm: North Wind Picture Archives

Germaniyaning Leypsig shahridagi munitsipal kutubxonalaridan birida avstriyalik musiqachi va bastakor Volfgang Amadey Motsartning ilgari noma’lum bo‘lgan asari topildi, deb xabar berdi The Guardian nashri.

Asar 1760-yillarning o‘rtalari yoki oxirlariga to‘g‘ri keladi. Bu asar Motsart o‘smirlik chog‘ida yozilgan bo‘lishi mumkin. Bu ajablanarli emas, chunki kompozitorning vunderkind bo‘lgani va musiqa yozishni erta boshlaganligi ma’lum.

Asar taxminan 12 daqiqa davom etgan bo‘lib, yetti qismdan iborat. U torli trio uchun yozilgan.

Tadqiqotchilar asarni Motsartning musiqiy asarlari katalogining yangi nashrini tuzish paytida topdilar. Qo‘lyozma qora-jigarrang siyoh bilan qo‘lda ishlangan qog‘ozga yozilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buyuk Britaniyaning mashhur The Beatles rok guruhi a’zolari 2-noyabr kuni Now And Then deb nomlangan «So‘nggi qo‘shig‘ini» chiqargani haqida yozgan edi.