Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston bilan durang oʻynadi
eʼlon qilindi
9-tur bahsida

Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Budapeshtda boʻlib oʻtayotgan olimpiadaning 9-turida Hindiston terma jamoasi bilan durang qayd etdi. Bu haqda Sportstar portal xabar berdi.
Oʻzbekistonlik sportchilar – Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov, Javohir Sindarov va Jahongir Vohidov hindistonlik raqiblari bilan oʻtkazgan oʻyinlarini durang bilan yakunladi. Umumiy jadvalda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 3-o‘ringa tushdi. Hindiston esa 1-o‘rinda qoldi.

Oʻzbekiston ayollar jamoasi ham Serbiya bilan bahs olib borib, murosa yoʻlini tanladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abdusattorov Serbiyaga qarshi oʻyinda Oʻzbekistonga gʻalaba keltirgani haqida xabar bergan edi.