Mazutdan yoqilgʻi sifatida foydalanish qonunan taqiqlanadi

eʼlon qilindi
2030-yildan boshla
Foto: Ariyancorp.com

2030-yildan poytaxt va unga yaqin hududlardagi isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanishi taqiqlanadi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram kanali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etishning konseptual asoslari ishlab chiqiladi.

Poytaxtga tutash tumanlardagi 1,2 mingdan ortiq issiqxonalarda foydalanilayotgan koʻmir yoqilgʻisining salbiy ta’sirining oldini olish uchun chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatiladi. Bu uchun issiqxona xoʻjaliklariga subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2025 – 2030-yillarda poytaxt va Toshkent viloyatidagi umumiy 441 gektar yer maydonlarida «yashil belbogʻ» va «yashil bogʻlar» tashkil etiladi.

2028-yildan «Yevro – 4» standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisidan foydalanish va sotishga bosqichma-bosqich chek qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2028-yilgacha kuchli chang boʻronlari hozirgidan 50 foizga qisqartirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek