Yangiliklar

Mirziyoyev Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqladi

Ikki mamlakat hukumatlari uni 2021-yilda imzolagan
Foto: Mircea Moira / Depositphotos

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ikki davlat oʻrtasida mudofaa boʻyicha hukumatlararo bitim 2021-yil bahorida tuzilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston armiyasi Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar TB2 dronlari bilan qurollangan.

2024-yil boshida Turkiyaning Havelsan mudofaa kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Kompaniya razvedka va logistika tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mahalliy «Arslon» bronetransportyori O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazilayotgani haqida yozgan edi.