Yanvar – iyun oylarida Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK)ning daromadi $3,3 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda korxona matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga ko‘pdir.
NKMKning 2024-yilning birinchi yarmidagi sof foydasi 14 foizga oshib, $882 mlnga yetdi.
Bu davrda kompaniya sof qarzini 2 foizga kamaytirdi, kapital xarajatlar $371 mlndan $325 mlngacha kamaydi.
Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» NKMK ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 150 million dollar kredit jalb qilgani haqida yozgan edi.