Air Samarkand 29-sentabrdan Samarqanddan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi

eʼlon qilindi
Parvozlar haftasiga ikki marta – juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi
Foto: Air Samarkand

Air Samarkand Samarqanddan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati ma’lum qildi.

Samarqand – Toshkent – Samarqand yoʻnalishi boʻyicha haftasiga ikki marta – juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Juma kunlari:

  • 9S 101 Samarqanddan joʻnab ketish — soat 07:30;
  • 9S 102 Toshkentdan joʻnab ketish — soat 22:50.

Yakshanba kunlari:

  • 9S 105 Samarqanddan joʻnab ketish — soat 08:00;
  • 9S 106 Toshkentdan joʻnash soat — 21:40.

Chiptalar narxi 76 548 soʻmdan boshlanadi. Hozirgi narxlar aksiya vaqtida amal qilishi qayd etilgan.

Avvalroq Air Samarkand BAAga parvozlarni amalga oshira boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek