Gʻulomjon Samadov «Nurafshon» telekanaliga direktor etib tayinlandi
eʼlon qilindi
U bunga qadar prezident administratsiyasida mas’ul lavozimda ishlab kelayotgan edi
Gʻulomjon Samadov «Nurafshon» telekanalining yangi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
U bunga qadar prezident administratsiyasida mas’ul lavozimda ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida, Xalqaro press-klubda sharhlovchi sifatida ham faoliyat yuritgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyati hokimligiga yangi tayinlovlar bo‘lgani haqida xabar bergan edi.