Oʻzbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsuli: «Biz Sankt-Peterburgga logistika markazi sifatida qaraymiz»

eʼlon qilindi
Bosh konsulning so‘zlariga ko‘ra, Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston fuqarolari logistika va IT sohalariga qiziqish bildirmoqda
Foto: «Peterburgskiy dnevnik»

O‘zbekiston o‘z investorlarini Sankt-Peterburgga taklif qilishga tayyor, deydi mamlakatning ushbu shahardagi bosh konsuli Abdurahmon Mahmudov shahar parlamenti rahbari Aleksandr Belskiy bilan tashkil etilgan uchrashuvda. Bu haqda «Peterburgskiy dnevnik» xabar berdi.

Bosh konsulning soʻzlariga koʻra, Sankt-Peterburgdagi Oʻzbekiston fuqarolari logistika va IT sohalariga qiziqish bildirmoqda.

«Biz Sankt-Peterburgga birinchi navbatda logistika markazi sifatida qaraymiz», dedi u.

Ma’lumot uchun, Abdurahmon Mahmudov joriy yilning fevral oyida Oʻzbekistonning Rossiya «shimoliy poytaxti»dagi Bosh konsuli boʻlgan edi.

Shuningdek