Bu qaror mintaqada havo hujumlari va raketa hujumlari sonining koʻpayishi bilan bogʻliq, deya xabar bermoqda Yevropa Ittifoqi Aviatsiya xavfsizligi agentligi.
«Umumiy havo hujumlari sonining koʻpayishi va xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatning yomonlashuvi kuzatilmoqda, bu esa Isroil va Livan ustidagi havo hududi xavfsizligiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda», deyiladi bayonotida.
Shuningdek, agentlik cheklovlar oktabr oyi oxirigacha amal qilishini, biroq u shu sanadan oldin bekor qilinishi mumkinligini ham ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Hizbulloh» yangi yetakchini tanlagani haqida xabar bergan edi.