Ma’rifatparvar shoir va jadid Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatning Xitoydagi qabridan hoki olib kelindi va ramziy qabri barpo etildi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, adibning qabri Xitoyda, Yorkentda joylashgan edi. U yerdan hoki olib kelinib, Qo‘qon shahridagi Shayxon qabristoniga joylandi. Endi Futqatning O‘zbekistonda ham ramziy qabri bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik yozuvchi xalqaro tanlovda 1-o‘rinni egallagani haqida yozgan edik.