Yangiliklar

BAAning lyuks mehmonxonalar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Ushbu masala kompaniya muassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi
Foto: Dunyo axborot agentligi

Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Jumeirah Group kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda «Dunyo» agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jumeirah Group vitse-prezidenti Filip Krous kecha O‘zbekiston elchixonasi vakillari bilan uchrashdi. Tomonlar kompaniyaning respublika bozoriga kirish imkoniyatini muhokama qildilar.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yetti yil ichida O‘zbekistonga xorijiy turistlar oqimi uch baravarga oshgan. Mehmonxonalar soni esa o‘n baravarga ko‘paygan.

Ma’lumot uchun, Jumeirah Group — lyuks darajadagi mehmonxonalar tarmog‘i bo‘lib. Kompaniya davlatga tegishlidir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyaning YE’S mehmonxona kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkinligini haqida xabar qilgan edi.