Yangiliklar

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi
Foto: Aliya Halfina / Pixabay

Haftaning shanba va yakshanba kunlari, O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-oktabr tungi vaqtda 5-10°, kunduzi 20-25°, 20-oktabrda esa kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Mamlakatning tog‘li hamda tog‘oldi hududlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.  Havo harorati 19-oktabr kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18°, 20-oktabr kuni esa kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 18-oktabr, juma kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.