2030-yilda Oʻzbekiston YaIM $200 milliardga yetishi prognoz qilinmoqda
eʼlon qilindi
2024-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat YaIM $111 milliard bo‘lishi kutilmoqda

2030-yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) $200 milliardga yetishi, aholi jon boshiga 5 ming dollar boʻlishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi oʻrinbosari Behzod Hamrayev ma’lum qildi.
Oldingi prognozlarga koʻra, 2030-yilda YaIM $160 milliardga yetkazilishi koʻzda tutilgan edi.
Hamrayevning ta’kidlashicha, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat YaIM $111 milliard boʻlishi kutilmoqda, bu aholi jon boshiga $3 ming degani.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yil yakunigacha Oʻzbekiston iqtisodiyoti 6 foizga oʻsishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.