O‘zbekistonning yirik xususiy banklaridan biri bo‘lgan Kapitalbank, 2024-yil 21-24-oktabr kunlari Pekinda bo‘lib o‘tadigan SIBOS 2024 forumida rasmiy ishtirokchi va ekspozant sifatida qatnashgan birinchi o‘zbek bankidir. Ushbu tadbir har yili xalqaro banklararo axborot uzatish va to‘lovlar tizimi SWIFT tomonidan tashkil etiladi.
— Banklar, davlatlar va texnologik kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik barqaror moliyaviy ekotizim yaratishda muhim ahamiyatga ega. Xalqaro moliya forumida ishtirok etish tajriba almashish, yangi tendensiyalarni muhokama qilish va mijozlarimizga zamonaviy va samarali moliyaviy yechimlarni taklif qilishda yordam beradigan strategiyalarni shakllantirish uchun noyob imkoniyatdir, – dedi bankning birinchi o‘rinbosari Sardor Ismailov. — Biz xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etish bank va moliya sektorining rivojlanishiga hissa qo‘shishiga ishonamiz, bu esa butun dunyo bo‘yicha hamkorlarimiz bilan yangi istiqbollarni ochadi va o‘zbekistonlik tadbirkorlarga xalqaro maydonlarda o‘z biznesini yuritish imkoniyatini beradi.
«SIBOS – 2024» forumi doirasida Kapitalbank xalqaro hamkorlar bilan strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, «davra suhbatlari»da ishtirok etadi.
SIBOS haqida
SIBOS konferentsiyasi-ko‘rgazmasi — pul oqimlari, qimmatli qog‘ozlar va savdo boshqaruvi bo‘yicha tajriba almashish va kollektiv qarorlar qabul qilish uchun eng yirik bank tadbiri bo‘lib, 1978-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, raqamli valyutalar, blokcheyn va ESG loyihalari mavzulari ham muhokama qilinadi.
SWIFT haqida
SWIFT – xalqaro banklararo to‘lov xabarlarini uzatish tizimi. SWIFT 1973-yilda tashkil etilgan. Ushbu tizim to‘lovlarni amalga oshirish va ishtirokchilar o‘rtasida hisob-kitob va o‘zaro kliring funksiyalarini bajarmaydi.