Afg‘oniston bilan muzokaralar natijasida o‘zbekistonlik haydovchilardan olinadigan yig‘imlar kamaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
28-sentabrdan boshlab Amudaryo ko‘prigidan yengil avtomobillar o‘tish uchun yig‘im 12 mingdan yetti ming afg‘onigacha (taxminan $182 dan $106 gacha) kamaytirildi. Shuningdek, Afg‘onistonga yuk avtomobillarini kirishi uchun yig‘im besh mingdan uch yarim ming afg‘onigacha ($76 dan $53 gacha) pasaytirildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Trans-Afgʻon temir yoʻli loyihasi kelasi yildan boshlab amalga oshirilishini yozgan edi.