Yangiliklar

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xodim izlamoqda

Oylik maosh $934
Foto: Whitsondawson.com.au

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi budjet tahlilchisi/hisobchi vakansiyasi uchun ochiq tanlov e’lon qildi. Bu haqda elchixona Telegram sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, lavozim uchun ariza qoldirgan ​​barcha malakali nomzodlar arizalari ko‘rib chiqiladi.

Oylik maosh $934 (har ikki haftada beriladi).

Nomzod ruxsatnomani olgandan keyin 3 hafta ichida ishni boshlashi lozim.

Hujjat topshirishning so‘nggi muddati 2024-yil 1-noyabr.

Ariza ushbu havola orqali onlayn qoldiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IT Park ayollar qatlamiga tizimli yordam ko‘rsatishi haqida yozgan edik.