Yangiliklar

Uzum bank ustav kapitalini 500 milliard so‘mga oshiradi

Bankning 150 million dona oddiy aksiyalar chiqarishi kutilmoqda
Foto: Uzum

Uzum bank ustav kapitalini 500 milliard so‘mgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

Bankning 150 million dona oddiy aksiyalar chiqarishi kutilmoqda. Bir qimmatli qog‘ozning nominal qiymati 1 ming so‘mni tashkil qiladi.

Joriy yilning 25-oktabr holatiga ko‘ra, Uzumbankning ustav kapitali 350 mlrd so‘m etib belgilangan. III chorak yakunlari bo‘yicha kompaniyaning sof foydasi esa 32,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2023-yil aprel oyida O‘zbekistonda banklarning ustav kapitalini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha o‘zgartirishlar tasdiqladi. 2025-yil boshiga qadar bu ko‘rsatkichni 500 milliard so‘mga yetkazish kerak.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum bankning ustav kapitali 350 mlrd soʻmgacha oshirilishi haqida yozgan edi.