Saylovchilarning 71,52 foizi ovoz berib boʻldi
eʼlon qilindi
Eng kam ko‘rsatkich Toshkentda – 62 foiz qayd etilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlari saylovida soat 17:00 holatiga koʻra, roʻyxatga olingan saylovchilarning 71,52 foizi, ya’ni 14,2 million nafari ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Bahrom Kuchqorov ma’lum qildi.

Hududlar kesimida eng koʻp ovoz berganlar Andijon va Fargʻona viloyatlari hissasiga – 75 foiz toʻgʻri keladi. Eng kam koʻrsatkich esa Toshkentda – 62 foiz qayd etilgan.
Vladivostok, Tokio, Seul, Kvanju, Pekin, Shanxay, Guanchjou, Kuala-Lumpur va Singapurdagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlanib, ovozlarni sanash boshlangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan saylovda 40 mingdan ortiq mahkumlarning ovoz berishi ta’minlangani haqida xabar bergan edi.