Oʻzbekistonda xorijlik talabalarning eng ko‘pi Hindistondan – Statistika qo‘mitasi

eʼlon qilindi
Keyingi o‘rinlarda Pokiston va Turkmaniston o‘rin olgan
Foto: Fizkes/Depositphotos.com

2023/2024 oʻquv yili boshiga Oʻzbekistondagi OTMlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning eng koʻpi Hindiston, Pokiston va Turkmaniston fuqarolaridir. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, OTMlarda tahsil olayotgan xorijlik talabalardan 5733 nafari Hindistondan. Keyingi o‘rinlarda 1358 nafar bilan Pokiston hamda 904 nafar bilan Turkmaniston turibdi.

Foto: Statistika qo‘mitasi

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi (750 nafar), Qozogʻiston (537 nafar), Tojikiston (285 nafar), Qirgʻiz Respublikasi (285 nafar), Afgʻoniston (196 nafar), Xitoy – 182 nafar, Koreya Respublikasi (176 nafar), Kanada (124 nafar) va boshqa davlatlar fuqarolari ( 315 nafar) O‘zbekistonda tahsil olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi xorijlik talabalar soni bir yilda ikki barobardan ko‘proqqa o‘sgani haqida yozgan edik.

Shuningdek